Umumiy tushunchalar
Provayder - mijoz murojaati asosida pullik xizmat asosida shaxsiy maqsadlarda (blog, portfolio va h.k) veb-sayt yaratuvchi va ushbu veb-saytga texnik xizmat ko’rsatuvchi shaxs.
“Shaxsiy Sahifam” telegram boti - mijoz va provayder o’rtasidagi kommunikatsiya vositasi.
Mijoz - O’z shaxsiy blog, portoflio veb-saytini yaratadigan shaxs.
Internet manzil (domen) - mijoz o’z tanloviga ko’ra internetda .uz domen nomi ostida sotib olingan internetdagi veb-saytning manzili.
Foydalanuvchining majburiyatlari:
- Veb-sayt’da qonun bilan taqiqlangan faoliyat bilan shug’ullanmaslik.
- Har qanday zararli, tahdidli, haqoratli yoki boshqa nomaqbul kontentni uzatmaslik.
- Zararli, tahdidli, haqoratli, shilqimlik qiluvchi, obro‘sizlantiruvchi, qo‘pol, odobsiz yoki boshqa nomaqbul materiallarni yubormaslik.
Foydalanuvchi veb-sayt yaratish orqali o’zining 18 yoshga to’lgan ya’ni voyaga yetgan O’zbekiston fuqarosi ekanligiga kafolat beradi.
Tomonlarning javobgarligi:
Provayder veb-saytning faqat uzluksiz faoliyat yuritishiga kafolat beradi va texnik masalalar bilan shug’ullanadi. Mijoz o’ziga yaratilgan saytda tarqatiladigan barcha axborotga, mualliflik huquqi masalalariga shaxsan javobgar hisoblanadi. Sayt faoliyatiga oid har qanday huquqiy javobgarlik masalasi mijoz o’z bo’yniga oladi.
Ma’lumotlar to’planishi va maxfiylik
Provayder quyidagi ma’lumotlarni to’playdi va o’zida saqlaydi:
- Mijoz ism-familyasi, telefon raqami, yashash manzili va faoliyati (ish, o’qish joyi).
- Mijoz tomonidan ixtiyoriy taqdim etiladigan qo’shimcha ma’lumotlar.
- Sayt kundalik analitikasi.
- Ip-manzili, brauzeri va cookie fayllari (agar mavjud bo’lsa).
Ushbu ma’lumotlar maxfiyligi ta’milanadi va uchinchi shaxslarga tarqatilmaydi.
Qo’shimcha qoidalar
Mijoz tomonidan shubxali xatti-harakatlar aniqlansa, provayder veb-saytni o’chirishi (zarur hollarda) yoki mijozning kirish huquqini uning roziligisiz vaqtinchalik cheklash huquqiga ega.
Ushbu foydalanish siyosati o’zbek va rus tillarida taqdim etiladi. Fors-major holatida o’zbek tilidagisi ustuvor qilib olinadi.
Ushbu foydalanish siyosati o’zgarishi mumkin, va bu holatda mijoz veb-saytdan foydalanishni davom ettirish orqali yangilangan shartlarga o’z roziligini bildirgan hisoblanadi. Mijozlar foydalanish siyosati yangilanishi bilan kamida 2 kun ichida xabar qilinadi.
Foydalanish siyosati va qoidalari mijoz veb-saytni ishga tushirgan paytdan boshlab kuchga kiradi.