Innovator’s Dilemma
Innovator’s Dilemma - bu har bir biznes menejment sohasida faoliyat yuritadigan inson o’qishi kerak kitoblardan. Ushbu kitobda qanday qilib to’g’ri menejmentga ega, to’g’ri strategiya qabul qiladigan, qisqacha “zo’r” faoliyat yuritayotgan kompaniyalar yangi texnologiyalar kirib kelganda bozordan chiqib ketishi va uzog’i yopilib haqida batafsil bayon qilingan.
Kitobda “Kirish” qismidan boshlab, muallif innovatsiyalarni 2 turga ajratiladi:
Sustaining Innovations
- Sustaining Innovations - yurib turgan hozirda ishlatilayotgan texnologiya. Buni o’zbekcha doimiy texnologiyalar deb atashimiz mumkin.
Disruptive Innovations
- Disruptive Innovations - yangi, hali sinovdan o’tmagan arzon va yangi texnologiya. Buni o’zbekcha muqobil texnologiyalar deb atashimiz mumkin.
Hozirda bozorni egallagan kompaniyalar doimiy texnologiyalar asosida ishlashi ularning o’z prinsiplariga, marketing sxemasi va bozor strategiyasi mavjudligi haqida bayon etiladi. Ushbu kompaniyalar katta kompaniyalar hisoblanib, ular o’z daromadini oshirish uchun har safar doimiy texnologiyalarga investitsiya kiritishadi va mijozlarga har doim ko’proq to’lashga arziydigan yangi texnologiyalarni ishlab chiqishadi.
Sodda tilda tushuningiz uchun, Apple iPhone telefonlarini har yili yangi modellarini chiqaradi yangi funksiyalari va yanada tezroq ishlaydigan chip bilan. Bu esa kompaniya bir xil startegiya orqali har yili o’sib borishini anglatadi.
Ammo, bozorda shunday kompaniyalar ham borki, ularning texnologiyasi doimiy texnologiyalar bozorida kuchli bo’lmasligi mumkinki ular start-up kompaniyalari deb ataladi ular asosan innovatsion yechimlar bilan bozorga kirib kelishadi-da bozordagi doimiy texnologiyada faoliyat yuritayotgan kompaniyalarga keyinchalik kuchli tahdid tug’diradi. Nega? Ularning muqobil texnologiyasi ular yaratgan innovatsiya bozorda mijozlarini asta-sekin topib boradi, va mijozlar muqobil texnologiyani afzal ko’ra boshlashadi. Chunki bu muqobil texnologiyalar o’zining ixchamligi arzonligi va qulayligi tufayli asta-sekin bozorni egallay boshlaydi.
Muallif shuningdek, nega bozorda o’rnashgan kompaniyalar shunday innovatsiyalar oqimiga qarshi tura olmasligi, ularda kerakli inson resurslari, texnika va moliyaviy resurslari bo’lishiga qaramasdan nega ular bu texnologiyalarni o’zlarida o’sha kompaniyalardan oldin ishlab chiqa olmasliklari RPV ya’ni Resources ➡️ Processes ➡️ Values nimaligi va nega kompaniyalarni menejerlar emas ularning mijozlari boshqarish kabi juda qiziqarli narsalarni o’rganasiz.
Muallif bu jarayonni oddiy tilda tushuntiradi, tasavvur qiling inson qanday qilib o’zining ming yillik orzusi bo’lgan qush kabi uchishni o’rgangan. Albatta, eslasangiz ular qo’llariga qushga o’xshatib qanot yasab tepalikdan uchishga harakat qilganlar ammo bu yaxshi natija bilan yakunlanmagan. Nimaga deysizmi? Chunki ular tabiat qonunlarini o’zlari uchun o’zlashtirish o’zlarining uchishiga xizmat qildirish o’rniga ularga qarshi chiqishga harakat qildilar. Muallif shu tariqa o’quvchiga ham biznesda shunday tabiiy qonunlar bo’lishi va bu qonunlarning asosiylarini sanab o’tgan holda, ularga qarshi chiqmaslikni va aslida ushbu qonunlari tushungan holda o’zlarining ustunliklariga aylantirishni o’rgatadi.
Ushbu kitob dunyoning mashhur insonlari tomonidan o’qilgan va tavsiya etilgan jumladan Apple asoschisi - Stiv Jobs, Amazon asoschisi - Jeff Bezos ham shular jumlasidan. Kitob, ushbu kompaniyalar asoschilariga juda katta muhim ko’nikmalarni o’rgatgan shu sababdan ham ushbu kitob ko’plab biznes egalari tomonidan tavsiya qilingan. Ushbu kitob muallif Clayton M. Christensenning 50 yillik tadqiqot ishlari va tahlillari natijasi hisoblanadi.
Kitob kimlar uchun muhim?
Biznes menejmenti sohasida faoliyat yuritadigan inson uchun bu kitob juda foydali. Harvard Business Schoolga kirmagan bo’lsangiz ham kitob biznes maktabining boy kutubxonasidan joy olgan. Bu kitobni o’qish orqali qimmatli bo’lgan ko’nikma va tajribalarga ega bo’lasiz.
Muallif turli xil sohalar jumladan qattiq disk ishlab chiqarish, geologiya va yer qazish sohasi, supermarketlar, ulgurji va chakana savdo va boshqa ko’plab sohalar misolida texnologiyalarning o’rnini tushuntirib bayon qilgan.
Kitobni qayerdan olishim mumkin?
Kitob ingliz tilida nashr etilgan bo’lib hali o’zbek tiliga tarjima qilinmagan. Men kitobni World Of Books sayti orqali o’qilganini tahminan 20 tacha somsa puliga sotib oldim va o’ylaymanki kitob bu narxiga 100% arziydi.
Kitobga qiziqdingizmi? Ingliz tili ko’nikmalaringiz yaxshimi? Unda albatta buyurtma bering zarifboyev@duck.com ga email pochta yozing va men sizga ushbu kitobni yetkazib beraman.
Ushbu kitob sizga biznesda muvaffaqiyat qozonish uchun zarur bo’lgan ko’nikmalarni o’rganishga yordam beradi va innovatsion yechimlar yaratishda ilhomlantiradi.