Kitob rasmi

Innovator's Dilemma by Clayton Christensen

Innovator’s Dilemma Innovator’s Dilemma - bu har bir biznes menejment sohasida faoliyat yuritadigan inson o’qishi kerak kitoblardan. Ushbu kitobda qanday qilib to’g’ri menejmentga ega, to’g’ri strategiya qabul qiladigan, qisqacha “zo’r” faoliyat yuritayotgan kompaniyalar yangi texnologiyalar kirib kelganda bozordan chiqib ketishi va uzog’i yopilib haqida batafsil bayon qilingan. Kitobda “Kirish” qismidan boshlab, muallif innovatsiyalarni 2 turga ajratiladi: Sustaining Innovations Sustaining Innovations - yurib turgan hozirda ishlatilayotgan texnologiya. Buni o’zbekcha doimiy texnologiyalar deb atashimiz mumkin. Disruptive Innovations Disruptive Innovations - yangi, hali sinovdan o’tmagan arzon va yangi texnologiya. Buni o’zbekcha muqobil texnologiyalar deb atashimiz mumkin. Hozirda bozorni egallagan kompaniyalar doimiy texnologiyalar asosida ishlashi ularning o’z prinsiplariga, marketing sxemasi va bozor strategiyasi mavjudligi haqida bayon etiladi. Ushbu kompaniyalar katta kompaniyalar hisoblanib, ular o’z daromadini oshirish uchun har safar doimiy texnologiyalarga investitsiya kiritishadi va mijozlarga har doim ko’proq to’lashga arziydigan yangi texnologiyalarni ishlab chiqishadi. ...

sentabr 29, 2025 · 3 daqiqa · 586 ta so‘z · Zarifboyev